Xames Rodriges katta tezlikda policiyadan qochishga urindi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2015
“Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Madridda policiyachilar tomonidan qo'lga olindi.

AS nashrining xabar qilishicha, futbolchi mashinasida katta tezlikda harakatlanib kelayotganda, huquqni muhofaza qilish xodimlari uni to'xtatishga uringan. Futbolchi avtomobilini 200 km soat tezlikda ulardan qochishga uringan, ammo policiyachilar uni quvib yetib to'xtatishgan. 

Endi kolumbiyalik futbolchini katta jarimaga torish va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish bilan tahdid qilishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS