Xalqaro turnirda 3-o'rinni olgan futzal terma jamoamiz O'zbekistonga qaytib keldi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2021
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Bilasiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda tashkil etilgan “Continental” xalqaro turnirida ishtirok etdi.

Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi jamoamiz 3-o'rin uchun Misrga qarshi kechgan bahsda 4-0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.

Futzalchilarimiz tunda Bangkok-Istanbul-Toshkent havo reysi orqali Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi", – deb xabar beradi O'FA matbuot xizmati.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ufa.uz