Xalqaro o'rtoqlik turniri. O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Slovakiya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
10 fev 2025
Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Vakillarimiz musobaqaga munosib taraddud olib borish maqsadida ayni paytda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Terma jamoamiz mazkur yig'in doirasida “Antalya Youth Cup” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Bugun hamyurtlarimiz ilk uchrashuvini Slovakiyaga qarshi o'tkazadi. Bahs 13:00da start oladi. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi bu musobaqada shuningdek Marokash va Chexiya o'smirlari bilan bellashadi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати