"Xall Siti" "Manchester Yunayted" himoyachisini ijaraga oldi

Alisher
31 iyul 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Di Shon Bernard faoliyatini "Xall Siti"da davom ettiradi.

20 yoshli futbolchi kelasi yozning so'nggiga qadar ijaraga olindi.

Bernard "qizil iblislar"ning asosiy tarkibida faqat bitta o'yin o'tkazgan. U 2019 yilning noyabrida Yevropa Ligasi doirasidagi "Astana"ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi.

Di Shon o'tgan mavsumni ijara asosida "Solford Siti"da o'tkazdi va Angliyada mavqei jihatidan uchinchi o'rinda turuvchi divizionda 20ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: wearehullcity.co.uk