"Xall Siti" futbolchisi: "O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari taktikaga rioya qilib o'ynashdi"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2019
Avstraliya terma jamoasi va "Xall Siti" yarim himoyachisi Jekson Irvin O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi nimchorak final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bahs juda qiyin o'tdi. Ushbu o'yinda tavakkallar kam bo'ldi. Ikki jamoa himoyaga katta e'tibor berdi. Gol urish uchun bizda etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Bunday og'ir uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.
O'zbekiston? Raqib futbolchilari taktikaga rioya qiladigan o'yinchilar ekan. O'zbekiston terma jamoasi himoyachilari tufayli hujum qilishda muammolarga duch keldik. Raqibimiz kuchli jamoa ekanligini isbotladi" - deydi Irvin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia