Xalkning goli “Shanxay SIPG”ga g'alaba keltirdi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2018
Xitoy Superligasining 24-tur doirasidagi uchrashuvda “Beyczin Goan” jamoasi o'z maydonida “Shanxay SIPG” klubiga yutqazib qo'ydi.

Pekindagi “Proletariy” stadionida o'tgan uchrashuvda mehmon maqomida harakat qilgan shanxaylik futbolchilar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Yagona gol 66-daqiqada braziliyalik hujumchi Xalk tomonidan kiritildi. Bu Xalkning chempionatda kiritgan 9-goli bo'ldi. Uning hisobida yana 10ta aniq golli uzatma ham bor. 

Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi. “Shanxay SIPG” 55 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. “Beyczin Goan” 45 ochko bilan 3-o'rindan joy olgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: