Xalk ikki APL klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
10 dek 2020
"Shanxay SIPG" klubini tark etgan braziliyalik forvard Xalk faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

34 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda. "Bo'rilar" jarohat sabab safdan chiqqan Raul Ximenesga o'rinbosar izlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xalkning Xitoy klubidagi maoshi yiliga 20 million evroni tashkil etardi.

Xalk faoliyati davomida "Shanxay SIPG"dan tashqari "Vitoriya" (Salvador), "Kavasaki Frontale", "Konsadole Sapporo", "Tokio Verdi", "Portu" va "Zenit" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider