Xajime Moriyasu: "O'yindan oldin ham aytgandim, O'zbekiston jismoniy tomondan kuchli jamoa"

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2018
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng Xajime Moriyasu o'z fikrlarini bildirdi.

- "O'yindan oldin ham aytgandim, O'zbekiston jismoniy tomondan kuchli jamoa. Raqib bizga bugun umuman imkon bermadi. Ular bo'sh joy qoldirishmadi. Yakuniy natija har ikkala jamoa o'rtasidagi farqni ko'rsatdi. Biz yanada rivojlanishimiz kerak. Bugungi mag'lubiyatdan kerakli dars chiqaramiz", - deydi Yaponiya bosh murabbiyi OFK rasmiy saytiga. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia