Xabib Nurmagomedov qaysi klubning ashaddiy muxlisi ekanligini aytdi

Alisher
14 iyun 2019
UFCning rossiyalik chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining sevimli jamoasi qaysi ekanligini aytib o'tdi.

"Menga "Liverpul" yoqadi. Bolaligimda Chempionlar Ligasining 2005 yilgi "Liverpul" va "Milan" o'rtasidagi final uchrashuvini eslayman. Dog'istondagi plyajda katta ekran bo'lar edi. Minglab odamlar o'yinni tomosha qilish uchun yig'ildilar. "Liverpul" birinchi bo'limda 0:3 hisobida engilayotgan paytida ham ular yutishiga ishonganman. Menga jamoa yoqqan edi. Milan Barosh, Vladimir Shmicer, Yon-Arne Riise, Sami Xyuyupya, Stiven Jerrard... Bu ajoyib jamoa bo'lgan edi.

Hozir ham "Liverpul"da ajoyib jamoa bor. Men "Liverpul" ishtirokidagi barcha Chempionlar Ligasi o'yinlarini ko'raman. Ammo, baribir "Real"ning ashaddiy muxlisiman. Menga APLni ko'rish yoqadi, hattoki pastroq o'rindagi jamoalar o'ynasa ham", - deydi Xabib.


AlisherMuallif
Manba: BT Sport