Xabib: "MMAdan zerikdim, katta futboldan takliflar bor"

Mirjalol Normatov
3 mar 2021
UFC bo'yicha jahon chempioni Xabib Nurmagomedov futbol o'ynash ishtiyoqi borligini aytdi.

- Instagramdagi videoda Siz futbol o'ynashga tayyorligingizni va takliflarni o'ylab ko'rishingizni aytgandingiz. Sizga takliflar bo'ldimi?
- Ha, BAAning "Al Vasl"idan, shuningdek, "Fenerbaxche"dagilar aloqaga chiqishdi. Zlatan Ibragimovich meni "Milan"ga taklif qildi. Yevropa, Turkiya va BAAdan takliflar bo'ldi, Sizga shuning o'zi yetib ortsa kerak.

- Sizga professional futbolning nima keragi bor?
- Chunki MMAdan zerikdim. Endi boshqa sohada raqobat qilib ko'rmoqchiman.

- Otangiz "Spartak"ning muxlisi edi. Ammo siz "Anji"ni yaxshi ko'raman, deb ayta olasizmi?
- Sevimli jamoalarimdan biri. Rossiya futbolida yaxshi o'yinlarga muxlisman. Men uchun o'yinlar qiziq o'tsa, raqobat o'ssa bo'lgani. YCHL yoki Yevropa ligasidagi o'yinlar esa doim bizni xafa qiladi.Chempionatimiz Yevropaning top-8 darajasiga kirishini istagan bo'lardim.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal