Xabi Alonso Ryudigerning jismoniy holati haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2025
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlarga germaniyalik himoyachi Antonio Ryudigerning jismoniy holati haqida ma'lumot berdi.

Alonso "Real"ning barcha futbolchilaridan maksimal darajada mehnat qilishni talab qilayotganini aytdi. Mutaxassisning takidlashicha, Ryudiger juda ishonchli va barqaror, bu juda muhim.

"Bizda himoya markazida o'ynashga tayyor futbolchilar borligi yaxshi. Eder Militao yaqinda jarohatdan so'ng 90 daqiqa o'ynadi, ammo uning holatini diqqat bilan kuzatishimiz kerak. Ryudiger juda ishonchli. Jamoada shunday himoyachi borligi ajoyib", – deya qo'shimcha qildi Alonso.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" La Liga yangi mavsumining dastlabki ikki uchrashuvida "Osasuna" va "Ovedo" ustidan g'alabaga erishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central