We Global Football portali Osiyo jamoalarining JCH-2026ga chiqish imkoniyatini baholadi – O'zbekistonda o'sish

Khoja
21 noya 2024
Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 6-tur o'yinlaridan keyin We Global Football portali jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyati foizlarini yangiladi.

Unga ko'ra, O'zbekiston MTJning 6-turda KXDR ustidan erishgan g'alabasidan so'ng JCH-2026 final bosqichiga chiqish imkoniyati 86,7 foizga ko'tarilgan.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz 6 ta turdan so'ng o'z guruhida Erondan so'ng ikkinchi o'rinda ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: We Global Football