Vyacheslav Shevchenko ham Lokomotiv futbolchisi

10 yanv 2014, 15:04
Ukrainaning Aleksandriya klubi yetakchisi Vyacheslav Shevchenko endi o'z faoliyatini Toshkentda, temiryo'lchilar jamoasida davom ettiradi.
Lvov futbol maktabida taxsil olgan Shevchenko professional faoliyatini Borisfen klubidan boshlagan. 2011-2013 yillarda esa Aleksandriya safida 56 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 21 marta aniq nishonga olgan.

Futbolchi haqida to'liq ma'lumot bilan sizlarni yanada yaqinroq keyingi xabarlarda tanishtirib o'tamiz.

Manba: lokomotiv.uz