"Vulverxempton"ning 40 million evrolik hujumchisi "Anderlext"ga o'tishga yaqin

Alisher
7 iyul 2022
Belgiyaning "Anderlext" klubi tez orada o'z safiga "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silvani qo'shib oladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, bitim yakunlanish bosqichida.

Futbolchi bir yillik ijaraga yo'l olishi kerak. Belgiya klubi portugaliyalikning kelasi mavsumdagi maoshining barchasini qoplashga rozi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "bo'rilar" ikki yil oldin Silvaning transferi uchun "Portu"ga 40 mln evro to'lashgan. Yosh futbolchi o'shanda Portugaliya klubining asosiy jamoasida ham o'ynamasdi va kamdan-kam zaxiradan o'yinga qo'shilardi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano