"Vulverxempton" "Yuventus" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
3 apr 2020
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira Angliya Premer-ligasi klubidan taklif oldi.

32 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda.

"Bo'rilar" yarim himoyachini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi, ammo Xediraning maoshi transferga halaqit qilishi mumkin.

Sami Xediraning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Transfermarketweb