Voetbal International: Xiddink Rossiya terma jamoasiga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2016, 22:02
Gollandiyalik murabbiy Gus Xiddink Rossiya terma jamoasiga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Voetbal International nashri.

RFI 70 yoshli gollandni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.

Xiddink esa bu ma'lumotni tasdiqlagani yo'q: Men yaqindagina Chelsidagi faoliyatimni tugatdim. Oilam bilan tatilni o'tkazaman va iyul oyida faoliyatim haqida o'ylab ko'raman.

Eslatib o'tamiz, Xiddink Rossiya terma jamoasida 2006-2010 yillarda ishlagan. Ushbu murabbiy qo'l ostida ruslar Evro-2008 yarim finaliga yetib borgan, biroq JCH-2010ga chiqa olishmagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Voetbal International