

Taniqli murabbiy Gus Xiddink Rossiya klublarining qita turnirlariga qaytishi bo'yicha fikr bildirdi. Ma'lumot uchun, FIFA va UEFA 2022 yilda rus klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi.
"Rus klublari qachon evrokuboklarga qaytishini bilmayman. O'ylashimcha, bu yaqin besh yil ichida amalga oshmaydi. Buning sababini hamma yaxshi biladi", -deydi Gus Xiddink.
Eslatib o'tamiz, Gus Xiddink qo'l ostida Rossiya terma jamoasi Evro-2008 yarim finaliga qadar yetib borgandi.



