Vodiy klubi 12 yildan so'ng yangi mavsumni o'z arenasida qarshi oladi

Iskandarov Abdulaziz
27 fev 2026, 15:27
Superliga startiga oid qiziq faktlarni e'tiboringizga havola etishda davom etamiz.

"Andijon" jamoasi Superligani o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. "Burgutlar" 12 yildan so'ng yangi mavsumni "Bobur Arena"da qarshi oladigan bo'ldi. Jamoa oxirgi marotaba 2014 yil birinchi turda raqibini uyda qabul qilgan. Keyingi o'zi ishtirok etgan 8 mavsumni faqat mehmonda boshlagan.

2025. "Qo'qon-1912" - "Andijon" 1:1

2024. OKMK - "Andijon" 0:0

2023. "Nasaf" - "Andijon" 0:1

2021. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

2020. "Lokomotiv" - "Andijon" 2:1

2019. "Qizilqum" - "Andijon" 1:1

2016. "Paxtakor" - "Andijon" 2:1

2015. "Nasaf" - "Andijon" 3:1

2014. "Andijon" - "Paxtakor" 0:1


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia