"Vodiy futboli": Yoshlar ligasida 2ta g'alaba va bitta mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
15 okt 2015
Vodiy klublari bugun yoshlar ligasining 25-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Andijon": Yoshlarimiz "Metallurg"ga yutqazishdi

Yosh "burgutlar" bugun o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi. Uchrashuvda "Andijon" 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Mezbonlar safida yagona golni Farruh Mirzaev urdi. Yoshlar ligasida "Andijon" 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 16-pog'onasida bormoqda.

Ertaga oliy liga doirasidagi bahs soat 16:00da boshlanadi.


"Qo'qon-1912": "Lokomotiv" yoshlari yirik hisobda taslim etildi

Yoshlar ligasi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda yosh qo'qonliklar raqiblari ustidan yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi.

Qo'qonliklar safida Rahmonov, Usmonov va Meliqo'ziev to'p kiritishdi. Asosiy tarkiblar o'rtasidagi o'yin 16 oktyabr kuni soat 16:00da start oladi.  


"Navbahor": Safarda "Olmaliq"ni mag'lub etdik

Yoshlar ligasi 25-turida "Navbahor" klubi yoshlari Olmaliqda "Olmaliq" klubi mehmoni bo'lishdi. O'yinda Sardor Telyakov tomonidan urilgan gol evaziga "lochinlar" g'olib bo'lishdi - 1:0. Ushbu g'alabadan so'ng 23 ochko jamg'argan "Navbahor" yoshlari 14-o'ringa chiqib olishdi.

Oliy liga doirasidagi o'yin ertaga 17:30da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia