"Vodiy futboli". "Andijon" 3 o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham berdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2015
Vodiy klublarining 25-turdan keyingi seriyalari haqida ma'lumot beramiz.

"Navbahor": Safardagi mag'lubiyatli seriya 4taga etdi

namanganning "Navbahor" klubi bu turni Olmaliqda o'tkazib 1:2 hisobida yutqazdi.

Shunday qilib, "Navbahor"ning safardagi mag'lubiyatli seriyasi 4ta o'yinga etdi. "Lochinlar" "So'g'diyona", "Dinamo", "Nasaf"
va "Olmaliq"qa yutqazishdi.


"Andijon": 3ta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham berildi

Oliy liganing 25-turida "Andijon" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qilib 1:0 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, jamoaning 3 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'yildi. Bundan oldin "burgutlar" "Sho'rtan" (0:0), "Lokomotiv" (1:2) va "Navbahor"ga (0:1) qarshi o'yinlarda yuta olmagandi.

Keyingi turda "Andijon" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.


"Qo'qon-1912": Mag'lubiyatsiz seriya 3ta bo'ldi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi o'z uyida "lokomotiv" bilan durang o'ynadi - 2:2.

Shunday qilib, qo'qonliklarning mag'lubiyatsiz seriyasi 3ta o'yinga etdi. Jamoa "Qizilqum"ni mag'lub etgandi, keyin "Sho'rtan" bilan safarda va "Lokomotiv" bilan o'z uyida durang o'ynashdi.

Keyingi turda "Qo'qon-1912" Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia