

Manbaga ko'ra, 26 yoshli serbiyalik hujumchi "Atletiko"ga vositachi tomonidan erkin agent sifatida taklif qilingan. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Xabar qilinishicha, Vlaxovichning "Yuventus" bilan yangi bitim bo'yicha muzokaralari to'xtab qolgan: serbiyalik futbolchi mavsum uchun 8 million evro talab qilmoqda, klub esa ko'pi bilan 6 million evro bermoqchi. Uning amaldagi shartnomasiga ko'ra, futbolchi yiliga taxminan 12 million evro maosh oladi.
Unga "Atletiko"dan tashqari "Milan", "Bavariya", "Barselona" va "Arsenal" qiziqmoqda.
Vlaxovich 2022 yildan beri turinliklar safida o'ynab kelmoqda. U 2025/26-yilgi mavsum barcha musobaqalarda 21 o'yinda maydonga tushib, 8 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uning bozordagi narxini 35 million evroga baholamoqda.



