Vladislav Seytlin JCH-2022 saralash bahsida hakam nazoratchisi sifatida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
23 may 2019
Joriy yilning iyun oyida Osiyo qitasida Jahon chempionati - 2022 musobaqasi 1-saralash bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.

Jumladan, 6 iyun kuni Laos terma jamoasi o'z maydonida Bangladeshni qabul qiladi. Mazkur o'yinda O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti yetakchi mutaxassisi Vladislav Seytlin hakam nazoratchisi bo'lib ishlaydi.

Vladislav Seytlin shu yilning 14-18 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun tashkil qilingan o'quv kurslarida tahsil olgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Laos - Bangladesh uchrashuvini xitoylik hakam Xo Vay Sin boshqaradi. Unga qanotlarda Amarjit Sarao va Yuk Lo Min yordam berishadi. To'rtinchi hakam Lau Fon Xei.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz