

"O'yin qiyin o'tdi. Birinchi navbatda muxlislarga rahmat aytaman. Ularning hammasi ham o'yinga kela olmadi. Farg'onada esa bugun bayram. "Paxtakor" bilan o'yinlar har doim qiyin o'tgan. Ko'rdingiz, birinchi bo'limda Ulug'bek Hoshimovda qulay imkoniyat bo'lgandi. Bitta gol urdik va bu g'alaba keltirdi. Omad biz tomonda bo'ldi.
Joriy mavsumda hali mag'lubiyatga uchramadik. Mavsumni chempionlik bilan tugatishni maqsad qilganmiz",- deydi Vladimir Nazarov.




