

"Himoya chizig'iga yana bir tajribali futbolchi Vladimir Bubanya taklif etildi.
Yangi mavsumda Pro ligada chempionlikni maqsad qilgan "Metallurg" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Bubanya o'tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi. Superliganing 27 ta o'yinda maydonga tushgan himoyachi 1 ta gol urgan va 1 ta assist muallifiga aylangan", – deyiladi xabarda.
Avvalroq bekobodliklar Suhrob Sultonovni safiga qo'shib olganini ma'lum qilgan edi.



