Viynaldum: "Bizni faqatgina YCHL qutqarib qolishi mumkin"

Mirjalol Normatov
9 mar 2021
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Viynaldumning aytishiga ko'ra, ushbu mavsumda YCHLdagi g'alabagina jamoani qutqarib qolishi mumkin.

"Bizni faqatgina YCHLdagi g'oliblik qutqarib qola oladi. Biroq buni uddalash juda qiyin ish. Turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalarni mag'lub etishning imkoni bor. Tan olish kerak, muxlislar bizga juda katta kuch berayotgandi. Biroq ularsiz ham yaxshi o'yin ko'rsatishni uddalashimiz kerak. Agarda tribunada muxlislar bo'lganida bunday og'ir holatga tushib qolmasdik", - dedi Viynaldum.

YCHL 1/8 finalining javob bahsida "Liverpul" o'z maydonida 10 mart kuni "Leyptsig"ga qarshi o'ynaydi. Dastlabki o'yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal