

Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.
"Atletiko" men bilan qiziqqan, ammo "Sevilya"da baxtliman. Shu sababli, boshqa klub haqida o'ylashga hojat yo'q. "Sevilya"dan qarzdorman. O'z vaqtida shartnomani uzaytirib, shu erda qolishni istaganman. Shu sababli ayni damda boshqa hech narsa haqida o'ylamayapman", - deydi Vitolo.
Vitolo joriy mavsumda LaLiganing 16 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.



