"Atletiko" yarim himoyachisi bilan xayrlashdi

Alisher
22 iyul 2022
"Atletiko"ning 32 yoshli yarim himoyachisi Vitolo yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirdi.

Yarim himoyachi "Las-Palmas"ga o'tdi. Tomonlar kelasi mavsum so'nggiga qadar ijara bitimi tuzishdi.

Qayd etish kerakki, Vitolo futboldagi yo'lini aynan "Las-Palmas"dan boshlagan. U shundan so'ng uzoq vaqt davomida "Sevilya"da o'ynadi va Yevropa Ligasini uch bor qo'lga kiritdi.

Yarim himoyachi "Atletiko"ga 2017 yilda keldi. U madridliklar bilan birga La Liga, Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: Marca