"Vilyarreal" "Atletiko" futbolchisi borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
1 fev 2021
"Vilyarreal" o'z tarkibiga Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Vitoloni qo'shib olmoqchi.

Klublar o'yinchi borasida muzokaralarni boshlashdi. "Vilyarreal"ning Vitoloni joriy mavsumning so'nggiga qadar ijaraga olishi kutilmoqda.

Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Xavbek joriy mavsum "Atletiko" libosida La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira