Vitinya: "Oltin to'p" PSJ futbolchisiga nasib etishi kerak"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2026, 20:46
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi portugaliyalik yarim himoyachisi Vitinya o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun kurashdagi favoritlar haqida o'z fikrini bildirdi.

- “Oltin to'p”ning bo'lajak sohibi haqidagi fikrimmi? Men bu haqda avval ham aytganman va yana takrorlayman: Chempionlar Ligasidagi g'alaba hal qiluvchi ahamiyatga ega, shu sababli bu sovrin PSJ futbolchisiga nasib etishi shart.

Ha, bosh evrokubokni qo'lga kiritmagan ajoyib futbolchilar bor - Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Maykl Olise... Ovoz beruvchilarning yakuniy tanlovini oldindan aytish juda qiyin, ammo shaxsan men uchun mukofotga hammadan ko'ra bevosita Parij vakili loyiq ekani aniq, - dedi Vitinya ParisSG INFOS manbasiga tayangan holda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr