Vitaliy Levchenko: "Neftchi"dek katta qadriyatlariga ega klubga pastki o'rinlarda yurish mumkin emasdi"

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2022, 21:36
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko "Olimpik"ka (1:1) qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. "Olimpik"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilgandik. Bu klub futbolchilari olimpiya terma jamoasining asosini tashkil qiladi. Ancha vaqtdan beri birga to'p tepib kelishmoqda. Pressing qilishligi, bosim uyushtirishligi kutilgandi. Ikkinchi bo'limda jismoniy holatimiz o'z so'zini aytdi. Raqib oxirigacha kurashdi. Futbolchilarim g'alaba uchun borlarini berishdi",- deydi Levchenko. 

- "Neftchi" Vitaliy Levchenko kelganidan so'ng 13 ochko to'plab eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Jamoada nimani o'zgartirdingiz? Birinchi davrada bunday emasdi...

- Futbolchilar vaziyatni tushunib turgandi. Bunday katta qadriyatlariga ega jamoaga pastki o'rinlarda yurishi mumkin emasdi. Shogirdlarim mas'uliyatni his qilyapti. Bundan xursandman. Ochkolar ishlab turnir jadvalida ko'tarilishimiz kerak. 

-  Ikkinchi bo'limda o'yin asosan "Neftchi"ning tomonida o'tdi. Bu ochkoni saqlab qolish uchun qilindimi yoki sizning ko'rsatmangiz shundaymidi?

- Har doim tayyorgarlik jarayonida raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganamiz. Bo'sh xududlarni yopishga, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qildik. "Olimpik" bo'sh zonalardan foydalanib keta olardi.  Himoyada taktik jihatdan yaxshi o'ynadik. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia