Vitaliy Denisov Lokomotivning mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari safidan joy oldi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2014
Moskvaning Lokomotiv klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov, klub rasmiy sayti orqali o'tkazilgan muxlislar so'rovida mavsumning eng yaxshi futbolchilari orasida 3-o'rinda qayd etildi.
O'tkazilgan so'rov yakunlariga ko'ra, Denisov umumiy 12,3 foiz ovoz to'plab Aleksandr Samedov (32,1 foiz) va Vedran Chorluka (21,2 foiz)dan ortda qolib, umumiy ro'yxatda uchinchi o'rinni egalladi.

Takidlash joiz, mavsum yakuniga ko'ra, Rossiya Premer-Ligasi bahslarida bronza medallarni qo'lga kiritgan Moskva temiryo'lchilari safida ishonchli o'yin namoyish etgan Denisov, bungacha ikki marotaba oyning eng yaxshi futbolchisi so'rovida birinchi o'rinni egallagan edi. Denisov, shuningdek, Rossiya Premer-Ligasida to'p surayotgan himoyachilar orasida gol+pas tizimida eng yaxshi natija ko'rsatgan – (1+6).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com