

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Vinisius Madrid klubi safidagi so'nggi beshta o'yinning har birida gol urdi. La Liganing bu mavsumida uning hisobida 24 o'yinda 9 gol va 5 golli uzatma bor. Chempionlar Ligasida - 10 o'yinda 3+4.
"Braziliyalik yana o'zini muhim his qilmoqda, Arbeloa birinchi kundanoq unga ishonch bag'ishladi. Vinisius "Real"ning sobiq ustozi Xabi Alonso bilan kelisha olmagan.
Hozir esa undan klub bilan munosabatlari va shartnomani uzaytirish haqida so'rashganda, "Hammasi har qachongidan ham yaxshi" degan javob shubhaga o'rin qoldirmaydi.
Klub va futbolchining vakillari o'rtasidagi muloqot doimiy ravishda davom etmoqda. Endi hech kim yangi bitim zarurligiga shubha qilmaydi.
Vinisius hozirgi “Real"ning yetakchisi va harakatlantiruvchi kuchi mavqeini qaytarib olgunga qadar kurashdi”, - deyiladi maqolada.



