Vinisius FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan The Best mukofotini qo'lga kiritdi

Administrator
17 dek 2024
Vinisius Junior FIFA tomonidan The Best sovrini egasi bo'ldi.

"Real"ning 24 yoshli braziliyalik vingeri Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2024 yil eng yaxshi o'yinchi bo'lish uchun shuningdek Jud Bellingem, Dani Karvaxal, Kilian Mbappe, Federiko Valverde (barchasi – "Real"), Erling Xoland, Rodri (ikkisi ham – "Manchester Siti"), Toni Kroos (faoliyatini yakunladi), Lionel Messi ("Inter Mayami"), Florian Virc ("Bayer") va Lamin Yamal ("Barselona") davogarlik qilgandi.

Vinisius Doxadagi bugungi tadbirga keldi. "Madrid" 18 dekabr kuni Qatarda Qitalararo kubok finalida "Pachuka"ga qarshi o'ynaydi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia