"Vinisiusning 2-bo'limdagi o'yinini yosh bolakaylarga ko'rsatish kerak"

Tolibjon Qosimov
23 okt 2024, 14:32
Tunda Yevropa Chempionlar ligasining 3-tur bellashuvlariga start berilganidan xabaringiz bor.

Madridda musobaqaning o'tgan yilgi finalchilari o'zaro bahs olib borishdi. Unda "Real" birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda 5:2 natijasi bilan g'alaba qozondi. O'yinda Vinisius 3ta gol urdi.

Bellashuvdan keyin madridliklar a'zosi Lukas Vaskes Vinisiusning o'yinini yosh bolakaylarga ko'rsatish kerakligini aytib o'tdi.

"Vinisiusning 2-bo'limdagi harakatlari haqida nima deb o'ylayman? Ta’sirli. U dunyoning eng hal qiluvchi futbolchisi ekanligini yana bir marotaba ko'rsatdi.

U aqlboqar qilmas ikkinchi bo'limni o'tkazdi. Yosh bolakaylarga futbolni qanday o'ynash kerakligini anglashlari uchun Vinining 2-bo'limdagi o'yinini ko'rsatish kerak. Shunday jahl va chanqoqlik bilan o'ynash lozim. U uchun juda xursandman", - dedi Vaskes.

Anchelotti: "Borussiya"ga urilgan xet-trik Vinisiusga keyingi yil "Oltin to'p"ni yutishda yordam beradi" (matbuot anjumani)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com