Vinisius 18 ta o'yindan beri gol urolmayapti. Oxirgi gol oktyabr oyining birinchi yarmida kiritilgan

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
Vinisius Junior yana gol ura olmadi.

"Real" vingeri "Betis"ga qarshi o'yinda (5:1) maydonga tushdi, biroq golli harakatlar amalga oshira olmadi va uchrashuvni sariq kartochka bilan yakunladi.

Braziliyalik futbolchi uchun so'nggi gol 10 oktyabr kuni Janubiy Koreya darvozasiga urilgan. O'shandan beri u "Real" va Braziliya terma jamoasi safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo biror marta ham gol ura olmadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia