"Vilyarreal" o'z safiga "Levante" forvardini qo'shib oladi

Alisher
3 iyun 2022, 13:03
"Levante" hujumchisi Xose Luis Morales "Vilyarreal" o'yinchisiga aylanadi.

"Sariq suv osti kemasi" yozgi transfer oynasi paytida 34 yoshli ispaniyalik futbolchini xarid qiladi.

"Vilyarreal" o'yinchi bilan ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Morales o'tgan mavsum "Levante" safida La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Partidazo de Cope