Karrager: "U - murabbiyning ishdan kyetishidagi asosiy sabab. Tunnelda yig'lashni boshlama"

Iskandarov Abdulaziz
24 yanv 2026
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Ispaniya La Ligasining 20-turida "Real"ning "Levante" ustidan 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida tunnelda ko'z yoshi to'kkan vinger Vinisius Juniorni keskin tanqid qildi.

"U - asosiy muammo. Aynan shuning uchun murabbiy ishidan ayrildi. Bu qanday ishlashini hammamiz bilamiz. Lekin muxlislar ѐmg'irdek hushtak chalgani uchun tunnelda yig'lashni boshlama! Sen murabbiyning ishdan bo'shatilishiga sababchisan! Unga hech qanday achinish yo'q. Men shuni aytyapmanki, muxlislar ularning haqiqiy qiyofasini ochib tashladi. 

Xabi Alonso "Real"ning murabbiy sifatida emas, balki futbolchi sifatidagi afsonasidir. U u yerda Chempionlar ligasi va La Ligani yutib olgan. U, albatta, o'rganayotgan yuqori saviyadagi yosh murabbiy.

Men bu holat uchun Vinini tanqid qilmadim, chunki "Real" uchun bunday vaziyat oddiy hol. Ilgari ham boshqa o'yinchilar shunday qilgan va murabbiy ishidan ketgan. Alonso buni bilardi, u nimaning ichiga kirib ketayotganini tushunardi. Lekin tunnelda yig'lashni boshlama", - deydi Karrager.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: CBS Sports