"Vilyarreal" "Levante" yetakchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
24 iyun 2022
"Vilyarreal" "Levante"ning tajribali hujumchisi Xose Luis Morales bilan shartnoma imzoladi.

"Sariq suv osti kemasi"ning xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Unai Emeri jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 

Forvard 2013 yildan beri "Levante"ning asosiy jamoasida o'ynayotgan edi. Morales shuningdek "Eybar" sharafini himoya qilgan.

Xose Luis Morales o'tgan mavsum La Liga doirasida "Levante" safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es