

Futbolchi "Arsenal" bilan yana ikki yillik, 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini bekor qilishga rozilik bergan. Shu orqali u 20 million funt klubning hisobida qolishini istagan.
"Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tganidan keyin uning faoliyatida pasayish bo'lmoqda. Braziliyalik futbolchi zaxirada o'tirib qolib, maoshini olishni istamayapti. Shu boisdan u jamoani tark etmoqda.
Vinger faoliyatini "Korintians"da davom ettiradi. Bu erda u haftasiga 240 ming funt maosh oladi. Bu esa "Arsenal"dagi maoshidan 70 foizga kam degani.



