Villian nima sababdan "Arsenal"da yaxshi o'yin ko'rsata olmagani borasida gapirdi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022
"Korintians" futbolchisi Villian "Arsenal"dagi faoliyatini yodga oldi.

"Puldan muhim narsalar juda ko'p. U erda o'zimni baxtli his qilishim uchun e'tiborli bo'lishga intildim. O'zim uchun qulay joy qidirdim. Ammo buni "Arsenal"da topa olmadim.  U erda o'yinim chiqmaganiga pul sabab emas. Undan-da qadrliroq narsalar juda ko'p", - dedi Villian.

Braziliyalik futbolchi "Arsenal" tarkibida bir mavsum o'ynadi va shartnomasini bekor qilib, "Korintians"ga o'tib ketdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail