Villian Joze unga "Barselona" va MYUdan taklif bo'lganini aytdi

Alisher
30 iyun 2021
"Vulverxempton"da ijara asosida o'ynayotgan "Real Sosedad" hujumchisi Villian Joze o'tgan yili unga "Barsa" va MYUdan taklif bo'lganini aytdi.

"2020 yilda menda "Barselona" va "Manchester Yunayted"dan taklif bo'lgan edi. Biz agar Chempionlar Ligasida o'ynayotgan klubdan yaxshi taklif tushsa, ketishim haqida kelishib olgan bo'lsak ham, klub rahbarlari meni qo'yib yuborishni xohlashmadi.

Yakunda barchasi amalga oshmay qoldi va bir yildan so'ng "Vulverxempton" o'yinchisiga aylandim", - deydi braziliyalik hujumchi.

Villian Joze "Vulvz"ga yanvarda ijara asosida o'tgan edi. Futbolchi APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: football-espana.net