Villash-Boash Defodan xursand

Tolibjon Qosimov
20 sen 2013
"Tottenxem" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Yevropa ligasi 1-turidan o'rin olgan "Tromse"ga qarshi o'yindan (3:0) so'ng Jermeyn Defoni maqtadi.
– Barchaga Defoning imkoniyatlari ma'lum, – deydi Villash-Boash goal.com nashriga. – "Tromse"ga qarshi o'yinda u yana bir bora ajoyib hujumchi ekanligini namoyish etdi. Uning harakatlaridan va o'yin natijasidan qoniqdim. Rouz va Dembele jarohat olishgani yomon bo'ldi, umid qilamanki ularning jarohati jiddiy emas.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" va "Tromse" Yevropa ligasi guruh bosqichida "Anji" bilan bir guruhdan o'rin olishgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru