Vilfrid Zaa Kot-d'Ivuar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
5 noya 2021
Kot-d'Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Patris Bomel "Kristal Pelas" hujumchisi Vilfrid Zaa milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.

"Zaa terma jamoaga chaqirmasliklarini so'radi, sababi har safar milliy jamoadan klubiga qaytgan payt sog'ligida muammolarni o'tkazmoqda. U terma jamoadagi kelajagini o'ylab olmoqchi.

Menga har qanday sharoitga kelishga tayyor bo'lgan jangchilar kerak. Bu terma jamoadagi har bir nomzodga murojaatim", - deydi Bomel.

28 yoshli Zaa terma tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Goal