

Viktor Xermans: "Kecha Qozog'iston Yevropa chempioni Italiyani mag'lub etdi. Nega endi Tojikiston Tailandni yuta olmaydi. Bugungi 3 ochkodan xursandmiz. Biz yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Raqibimizning 17 yoshli posbonini eng yaxshi o'yinchi bo'ldi deb o'ylayman. Barcha jamoalarning o'yinini kuzatib boryapman. Jamoamiz bu bahsda juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi, kelasi bahslarda buni to'g'irlashga harakat qilamiz. So'nggi daqiqada 4:4 hisobi qayd etilayotgan edi. Biroz omadimiz kelib beshinchi golni urdik. Tojikiston terma jamoasining o'rtacha yoshi 21 yoshni tashkil qilar ekan. Raqibni o'rgandik. Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi bahsni kuzatdik. Tojikiston oldinga chiqib olganda hayron qoldik.
To'pga keladigan bo'lsak, bu to'p boshqacharoq ekan. Kelasi o'yinlarda o'yinchilarimiz bunga ko'nikib ketadi degan umiddaman".



