Viktor Kumikov: "Sohibjonovning o'zi 3 ta gol urishi mumkin edi"

Sherzod Nurmatov
20 may 2022, 20:45
Pro liga 9-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- O'yin haqida

- Vaziyatlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. 5 ta qulay imkoniyatga ega chiqdik, ammo darvozani ishg'ol qila olmadik. Sohibjonovning o'zi 3 ta gol urishi mumkin edi. Futbol shunday o'yin. Siz har doim ham to'p kiritavermaysiz. Albatta, g'alaba qozonishni istagangik, lekin durang ham 1 ochko degani.  

- So'nggi daqiqalarda "Andijon"dan gol kutgandik...

- Ha, gol ura olmadik. Talaygina vaziyatlar yuzaga kelgandi. Omad raqib tomonda bo'ldi.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- G'alabaga erishishni istagandik. Bundan ham yomon bo'lishi mumkin edi. Bunday o'yinda durang kuzatilganidan rozi bo'lishimiz kerak. Har bir jamoa jiddiy kurash olib bormoqda. 

- "Andijon" futbolchilari oxirgi daqiqalarda charchab qolishdi. Nimaga o'zgarishga qo'l urmadingiz?

- Agar o'zgarish qilsak, yaxshi o'ynashimizga ishonchingiz komilmidi? Hisob boshqacha bo'lganda, balki almashtirardik. O'zgarishlar qilishni lozim topmadim. Biz faqat Isroilovni almashtirishga qaror qildik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia