Viktor Kumikov: "Bu g'alaba futbolchilarga ruhiy ustunlik beradi"

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2017
"Akjayik"ka qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Viktor Balyutovich fikrlari bilan qiziqdik.

Viktor Balyutovich, o'yin borasida fikringiz.

- Bu o'yinda g'alaba qozonganimiz uchun bizga ochko berilmaydi. Ammo mavsumga tayyorgarlik jarayonida birinchi o'yindagi g'alaba futbolchilarga ruhiy ustunlik beradi. Futbolda bosh omil sifatida g'alabaga bo'lgan tashnalik va ishtiyoqni paydo qilishdir. Mashg'ulotlarda yigitlar zo'r berib ishlashyapti. Bu bahs orqali o'rganilgan vaziyatlarni amalga oshirib ko'rdik. Shuningdek, ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar holatini ham ko'zdan kechirdik.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz