Viktor Karpenko: "Bunyodkor" xatolarni kechirmasligini o'yindan avval ham aytgan edim. Amalda shunday bo'ldi"

Iskandarov Abdulaziz
18 avg 2025
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvida omad mezbonlar tomonida bo'ldi (1:2).

Uchrashuvdan so'ng buxoroliklar murabbiyi Viktor Karpenko fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

17 avg 2025, 20:15
Bunyodkor — Buxoro
2 – 1
Tugadi

"Bunyodkor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yindan oldin yigitlarga bunday jamoa xatolarni kechirmasligini aytgandim. Amalda shunday ham bo'ldi. 2 ta xato va 2 ta gol. O'yinga kelsak, vaziyatlar ko'p narsani hal qildi. Birinchi bo'limda "Bunyodkor" ustunlikka ega bo'ldi, ikkinchisida esa biz nazorat qilishga urindik. Yana qaytaraman, himoyadagi xatolar mazkur natijaga sababchi bo'ldi",- deydi Viktor Karpenko. 

- Yangi futbolchilar Aziz Amonov va Toma Tabatadze borasida fikringiz qanday?

- Ular jamoaga qo'shilib bormoqda, chunki ikkinchi davra oldidan moslashish jarayonini o'tkazishga ko'p vaqt yo'q edi. Amonovning harakatlari yomon chiqmadi. Tomaga jismoniy sifatlar etishmayapti, shu bois ikkita taym o'ynayotgani yo'q. Vaqt o'tishi bilan ular jamoaga foyda keltirishadi degan umiddaman. 

- Bilol Tupliev ikkinchi bo'limda maydonga tushib o'yinni kuchaytirmoqda. U zaxira qurolimi?

- Bilol ikkinchi bo'limda o'yinimizga tezlik qo'shdi. O'yinni o'z qo'liga oladi. U ikkinchi bo'limda ko'proq samara keltirayotgani uchun foydalanmoqdamiz. Bilolda yaxshi va iqtidorli futbolchi. O'ylaymanki, u vaqt o'tgani sari mehnati bilan yana o'zini ko'rsatadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia