Viktor Karpenko: "Birinchi taymda futbol o'ynamadik"

Sherzod Nurmatov
29 may 2022
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Bunyodkor" (1:0) o'yinidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Karpenko fikrlarini bildirdi.

"Xayrli kech. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda xuddi o'yinga tayyor emasdek ko'rindik, futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch yo'q edi. Harakatlar tushunarsiz bo'ldi, paslar ham noaniq ko'rinish oldi. 

Birinchi taymda futbol o'ynamadik. Ikkinchi taymda esa hammasi iziga tushib ketganday bo'ldi. Biroq vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, shuning uchun tablodagi hisob shunday ko'rinish oldi", – dedi Karpenko.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia