

"Uning boshqaruvi davrida klubda mavhumlik va aldov hukm surdi. Biz klub afsonalarini aldadik: Xavi, Kuman, Viktor Tomas... Bundan tashqari, asossiz ravishda vositachilik haqlari (komissionnye) to'landi. Nima uchun aynan "Barsa" bilan bog'lanishi kerakligi noma'lum bo'lgan maslahatchilar va sheriklar tanlandi.
Shuningdek, shunday rahbarlar tanlandiki, ular pullarni o'z cho'ntaklariga solishdi, biz - "sosos"lar esa buning uchun haq to'ladik. Buyuk klub bo'lmish "Barsa" bir kishiga bog'lanib qoladigan vaqt o'tdi. Bu safargi saylovlar, aslida, Laporta va "Barselona" o'rtasidagi tanlovdir", - dedi Font.



