Viktor Font: "Laporta ko'p gapiradi, lekin kam ish qiladi. Men qaytsam, Messini klub bilan bog'layman"

Mirjalol Normatov
19 dek 2025
"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font klubning amaldagi prezidenti Joan Laportani tanqid qildi.

Uning aytishiga ko'ra, Laporta ikki marta Leo Messini aldagan.

"Laporta ko'p gapiradi, lekin kam ish qiladi. Messi o'sha paytda Viktor Fontni ham, umuman hech kimni qo'llab-quvvatlamasligi kerak edi. U - klubning yuzi, klubning o'sha paytdagi prezidenti esa uni ikki marta aldadi.

Bizda o'zgacha rejalar bor. Agarda saylovlarda g'olib bo'lsak, Messi yana "Barselona" bilan bog'lanadi.

Agarda prezident bo'lsam, hech qanday shubhasiz Flik jamoa bosh murabbiyligida qoladi", - dedi Font.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca